30-mart kuni Toshkent shahrida “Mehmondo‘stlik sanoatini qayta ishga tushirish 2020/21: Imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro biznes forum o‘tkazildi.Tadbir O‘zbekiston Otelyerlar Assotsiatsiyasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi. Unda O`zbekiston Gastronomikm turizmi assotsiatsiyasi rahbari Gulnoza Odilova ham ishtirok etib, Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan O`zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi ijtimoiy buyurtmasiga ko`ra moliyalashtirilgan restoservice.uz loyihasining taqdimotini o`tkazdi. Ushbu loyiha ko`pchilik restorator va mehmonxona egalarida qiziqish uyg`otdi.