Shaftoli
brand food

Meva nomi: Shaftoli

O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Oddiy shaftoli, Gansun shaftolisi, David shaftolisi, Potanin shaftolisi, Mir shaftolisi, fargʻona shaftolisi, Ertapishar — Anjir shaftoli, Lola, Morettini; oʻrtapishar — Zafar, Start, Malinoviy, Elberta, Shirinmagʻiz, Oq shaftoli, kechki — Salvey, Farhod, Avangard, Vatan, Oqshaftoli, Luchchak, Shirin.

Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Shaftoli Oʻzbekistonda aprelda gullaydi, naviga qarab mevasi may—oktabr oylarida pishadi. Har bir meva ehtiyotkorlik bilan uzib olinib, savatga joylanadi. Mevalar asosan navga xos rangga kirganda terish boshlanadi. Shaftoli mevalari sifati tez buzilishini inobatga olib, ularni terishda ustma-ust joylashtirish mumkin emas. Mevalar bur qator qilib yashiklarga terilsa, ularning saqlanuvchanligi oshadi.

 

Sevimli hamkorlarimiz