27 October
eye512
Mavsumiy taom: Tandir qovoq
Guli xanim

Bugun sizlar bilan yana bir kuzgi mavsumiy taom Tandir qovoqning tayyorlanish usuli bilan bolishamiz. Ushbu vitaminlarga boy taomni tayyorlan oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni xursand qiling.

Demak, kerakli masalliqlar: 

•  1 dona katta salla oshqovoq;
•  200 gr dumba;
•  200gr mol go’shti;
•  100 gr qaynatilgan makkajo’xori; 
•  4 dona kartoshka;
•  2 ta sabzi;
•  1,5 choy qoshiq tuz;
•  3-4 ta yalpiz barglari.

Tayyorlash jarayoni: Dastlab, qovoqning ustki qismi ehtiyotkorlik bilan olinadi. Song, o’tkir pichoq bilan qovoqning ichki qismi ham tozalanadi. Bo’shagan qovoq ichiga to’rtburchak qilib togralgan masalliqlarni galma-gal solamiz. Avval dumba yog’ini terib olamiz, keyin kartoshka, go’sht, so’ng sabzini terib, tuz sepamiz. Keyin esa makkajo’xorilarni ustidan piyoz va yalpizni qo`yib, 200 gr suv quyamiz. Jarayon avvalida kesib olingan qovoqning bosh qismini qopqoq sifatida yopamiz va qovoqqa mos qoppoqli qozonga solib qizib turgan tandirning cho’g’lariga ko’mamiz. Tandirning og’zini ham yopib qo’yamiz. 25- 30 daqiqada  taom  tayyor bo’ladi. 

Yoqimli ishtaxa!

Наше любимие партнеры