Meva nomi: Olxo‘ri
O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Oq olu, Sariq olu, Qora olu, Vengerka, Berton, Ispolin olxo‘risi, Samarkand qora olusi, Vashington, Izobilnaya, Vengerka fioletovaya, Chernosliv Samarkandskiy
Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Olxo‘ri iyun-sentyabr oylari davomida pishadi. Turli navlar turlicha pishish muddatiga ega. Uzoq muddat pishib turadigan olxo‘ri navlari uch martadan besh martagacha terib olinadi. Shuning uchun mevalar yulib olinmasdan, bandi bilan uzib olinadi. Asosan Respublikamizda Toshkent, Samarkand, Surxondaryo, Farg`ona viloyatlarining tog' oldi tumanlarida ko'plab etishtiriladi.