Qoraqalpoqcha “Djuvari kurduk” taomi
brand food

Kurtuk/gurtuk – bu taom qadimdan sorgo unidan tayyorlanib kelingan. Lekin hozirgi kunda bug‘doy unidan ham tayyorlanadi. Sorgo (oq jo‘xori) o‘simligidan tayyorlangan un tarkibidagi vitamin va antioksidantlar ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilab, organizmni zararli moddalardan tozalaydi va qarish jarayoniga to‘sqinlik qiladi. Bug‘doy unidan tayyorlanadigan taom buvday kurtik/iri kurtik deb ataladi. Bu taomni To‘rt-ko‘l, Ellikqal’a tumanlarida qayish/qayыsh kurd’k, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot tumanlarida kurtik/biyday kurtik/iri kurtik deb ataladi. Buvday kurtik masallig‘iga qarab: ot go`sht sag‘an kurtik, qo`y go`sht sag‘an kurtik, tuya-tovuq go`sht sag‘an kurtik kabi nomlanadi.

Kurtuk taom nomi nafaqat Qoraqalpog‘istondagi  o‘zbek  shevalarida,  balki qoraqalpoq tilida ham gurtik nomi bilan ataladi va ularning milliy taomi hisoblanadi. Djuvari kurtuk – bu taomning sho‘rvasi xuddi “buvday kurtuk”nikidek tayyorlanadi, lekin xamiri oq jo‘xori (sorgo) unidan qorilib, qo‘lda xamir uzib-uzib olinib, barmoqlar yordamida yalpoq shaklga keltiriladi va qaynab turgan sho‘rvaga solinadi. Mazkur taom qanday masalliqlar solinganiga qarab: qovoqli djuvari kurtuk, geshirli djuvari kurtik, tovuq go`sht sag‘an djuvari kurtuk deb nomlanadi. Kurtuk taom nomining salma kurtuk (xamirini solish jarayoniga ko‘ra atalgan), djezli kurtuk (taomni yog‘da dog‘lab tayyorlash jarayoniga ko‘ra atalgan), asma kurtik (taomni suvda qaynatib tayyorlash jarayoniga ko‘ra atalgan) kabi turlari mavjud.

5-6 kishiga 100 gr/127 kkal

Ushbu taom tayyorlanadigan restoranlar

Sevimli hamkorlarimiz