Tandir go‘shti
brand food

"Tandir go‘shti”

Qashqadaryo viloyatida eng qadrli va nozik mehmonlar uchun tayyorlanadi. Bayramlarda, to‘y-xashamlarda tansiq taom sifatida dasturxonga tortiladi. Tandir go‘shti  Qashqadaryo viloyatining mashhur taomlaridan hisoblanadi. Bu taom paydo bo‘lishi haqida mahalliy aholi orasida turli afsonalar tarqalgan. Ulardan birida aytilishcha: “Qadimda kunlardan bir kun chaqmoq chaqib, tog‘ archazorlariga o‘t ketadi va u yerdagi hamma hayvonlar kuyib go‘shtga aylangan. O‘sha tog‘dan oqib o‘tuvchi suv sho‘r bo‘lgan. Shuning uchun shu suvdan ichgan tog‘ hayvonlarining  go‘shtlarida tuz miqdori yetarli bo‘lgan. Undan tatib ko‘rgan tog‘ aholisiga pishgan go‘shtning ta'mi yoqib qolgan va o‘sha voqeadan so‘ng tog‘ cho‘ponlari  o‘z podasidagi qo‘y-qo‘zilarning go‘shtini o‘ra qazib pishira boshlashgan. Qo‘shimcha ta'm berish maqsadida tog‘ archasi va ziravorlaridan foydalanishgan.  Keyinchalik bu odat tusiga kirib mahalliy aholining sevimli taomiga aylangan. Hayratlanarlisi shundaki, Qashqadaryodan boshqa hududlarda tayyorlangan tandir go‘shtlarining ta'mi Qashqadaryoda tayyorlangan tandir go‘shti  ta'mini  takrorlay olmagan. Shu sababli, tandir go‘shti  faqat Qashqadaryo hududidagina maromiga yetkazib tayyorlanadi hamda uni tatib ko‘rishni xohlaganlar, albatta, Qashqadaryoga tashrif buyurishadi.” Nima uchun tandir go‘shti  aynan Qashqadaryoda tayyorlanadi? Bizga ma'lumki, Qashqadaryo O‘zbekistonning qadimdan chorvachilik bilan shug‘ullanadigan asosiy hududlardan biri hisoblanadi. Qashqadaryo qo‘y-qo‘zilar erta tongdan to qosh qoraygunga qadar 100 dan ortiq turdagi o‘t-o‘lanlardan oziqlanadi, daryo o‘zani va buloqlardan suv ichadi. Bundan tashqari, Qashqadaryo tandir go‘shtini tayyorlanishida tabiiylikka ko‘proq e'tibor qaratiladi. Hech qanday zamonaviy ta'm beruvchi vositalarsiz, sous, mayonezlarsiz faqatgina tog‘ archasi-yu, tog‘ zirasidan foydalaniladi. Shu sabab Qashqadaryocha tandir go‘shtida tabiiy qo‘zi go‘shti ta'mi bor.

Tandir go‘shtini pishirish uchun yonbag‘ir yerdan diametri 1 metr , chuqurligi 1,5 metr keladigan o‘ra chuqur qazilgan maxsus tandir . Go‘shtni ilish uchun maxsus tayyorlangan (qattiq yog‘och yoki metal ) sixsimon simlar

Ushbu taom tayyorlanadigan restoranlar

Sevimli hamkorlarimiz