Tuxum barak – Xorazm shevasida “yumurta barak” nomi bilan ham atalib, Xorazm va Qoraqalpog‘iston muhitida tansiq taom hisoblanadi. Barak – (arabcha ) chuchvara. “Duk-duk etadi buvim, barak bukadi buvim”. “Boychechak” tuxum barak shakl jihatidan turkiy xalqlarning “cheburek” taomiga ham aloqador va o‘xshashdir. Xorazm viloyati iqlimi keskin kontinental bo‘lib, maksimal va minimal haroratlar orasidagi farq 78°C ga teng. Viloyat hududi qumlar bilan o‘ralganligi sababli yoz kunlari harorat +43° +45°S darajaga ko‘tariladi. Qish faslida eng past harorat -30° -33°S darajani tashkil etadi. Bu yerda yozning issiq, qishning sovuq kelishi, ob-havoning kun davomida keskin o‘zgarishi, yong‘in-sochinning kamligi, havoning quruqligi viloyat iqlimining asosiy hususiyatlaridir. Shunga qaramay Xorazm aholisi juda baquvvat bo‘lib, ushbu ob-havoda ham bemalol yashay olishadi. Bunga sabab ularning tuxum barak kabi quvvati kuchli taomlarni ko‘p iste'mol qilishlaridir. Ushbu aholining asosiy qismida qon bosimi past bo‘lganligi sababli, bunday taomlar ularning qon bosimini me'yorda ushlab turishga yordam beradi. Tuxum barakni Qoraqalpog‘iston viloyatida istiqomat qiluvchilar ham sevib iste'mol qilishadi. Biroq, boshqa hududlarda ushbu taom keng iste'mol qilinmaydi. Chunki, ushbu taomni har qanday kishining ham organizmi qabul qila olmaydi. Ayniqsa, qon bosimi yuqori bo‘lgan insonlarga tuxum barakni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Sababi, ushbu taomning quvvati juda yuqori. Biroq, u organizmga qarab to‘g‘ri iste'mol qilinsa, juda foydali va quvvatbaxsh taomdir.
10 kishiga 100 gr/194 kkal