Toshkent norini
brand food

    Toshkent shahri va viloyati hududida iqlim  harorati keskin kontinental. Qishi nam, nisbatan iliq, yozi uzoq, issiq va quruq. Shunga ko‘ra, aholining qon bosimi tushib ketmasligi lozim va mijozi issiqlikka moyil bo‘lganligi sababli norin iste'mol qilinadi. Qora choy ham shu jumladan.  Norin shohona taom bo‘lib, o‘zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo‘lgan taomdir. Asosan, yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta'bga qarab mol yoki ot go‘shtidan tayyorlash mumkin. Norin turkiy tilli xalqlarning qadimiy taomi hisoblanadi. Qirg‘izlarda "naarin", o‘zbeklarda "norin", uyg‘urlarda "nerin" sifatida tilga olinadi. Aslida go‘shtli taom bo‘lib,  keyinchalik xamir qo‘shish rasm bo‘lgan. Qozoqlarda "Norinni qirg‘iz to‘g‘rasin" degan maqol bor. Bu taom qirg‘izlarda yanada keng tarqalganidan dalolat beradi.  O‘zbek norini esa uyg‘urlarnikidan farq qilib o‘ziga xosdir. Soch tolasi yanglig‘ go‘sht va ko‘proq xamir aralashmasiga qazi qo‘shib dasturxonga tortiladi. Ingichka to‘g‘ralgan xamir bir-biriga yopishmasligi uchun o‘simlik yog‘i bilan yog‘lanadi. Odatda, jiddiy marosimlarda tayyorlanadi. Uyg‘ur xalqi ham uni sevib iste'mol qiladi "Agar un Beshkaramdan, tuz Avatdan, qiz Artushdan bo‘lsa, qanchalik mazali bo‘ladi norin", deyiladi uyg‘ur maqollarning birida. Bu taomni qozoqlar ham tayyorlashadi. Biroq ularniki beshbarmoq to‘g‘ramasi shaklda bo‘ladi. Qirg‘iziston va O‘zbekistonda norin nomi bilan atalgan daryo va tumanlar mavjud.

    To‘gralgan go‘sht xamir bilan aralashtirilsa bunday norin “quruq norin” deb atalib, taqsimchalarga solib, yuziga zira, piyoz, murch sepib va 1-2 parrak qazi qo‘yib, yaxna taom sifatida dasturxonga tortiladi. Norin xamir pishirishdan avval olib qo‘yilgan go‘sht sho‘rvasi hamda piyoz qo‘shib ham iste'mol qilinadi (Ho‘l norin). Bunday norin kosalarda dasturxonga tortiladi. Bu qadimiy taom o‘tmishda chorvador qabilalar  o‘rtasida keng tarqalgan.

8-10 kishiga 100 gr/210 kkal

Ushbu taom tayyorlanadigan restoranlar

Sevimli hamkorlarimiz