O'zbek somsasi butun dunyoga mashhur, desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, qo‘y go‘shti va dumbasi solinib tayyorlanadigan varaqi somsalarni boshqa mil- lat vakillari ham zo‘r ishtaha bilan tanovvul qiladilar.
Somsa — xamirli taom turi. O‘zbek pazandachi- ligida somsa, asosan, tandirda yopib dumaloq shaklda tayyorlanadi. Hozir gaz duxovkalarida uchburchak va to‘rtburchak shaklda ham pishiriladi. Somsa tayyorlash uchun bug‘doy unidan xamir qorilib, jild tayyorlanadi. Somsa ko‘pincha sirka, pomidor qaylasi bilan iste'mol qilinadi. Jizzax somsasiga esa o‘simlik moyi sepilib tanovvul qilinadi. Kelib chiqishi Osiyo va osiyo xalqlarining an'anaviy somsa tayyorlanish usuliga tayanadi. Go‘sht ishlatiladigan somsaning ba'zi turlari uchun oshirilgan, ba'zan esa oshiril- magan xamir tayyorlanadi, tandirga yopishdan oldin qizigan tandirga namakob sepiladi (ayrim hollarda duxovka yog‘lanadi). Somsaning masalliqlariga qarab parmuda somsa, go‘shtli, varaqi somsa, ko‘k somsa, qovoq- li, yalpiz somsa, kartoshkali somsa kabi turlari bor (Izohli lug‘atdan). “jizzax somsa”si Jizzax viloya- tining eng sevimli taomi va ramzi hisoblanadi.
Jizzaxliklarning o‘zi milliy taomlarining qanchalar mashhurligi haqida taomning ko‘rinishi, mazasiga berilgan ta'riflardan bilib olishadi. Xalq orasida jizzax somsasining “Qipchoq somsa” ham deb yuritilishi urf bo‘lgan:
– Jizzax somsasi O‘zbekistondagi eng zo‘r somsa hisoblanib, uni qipchoq somsa deb ham atashadi. Bahorda odamni iligi qurisa, Qipchoqqa bor degan ibora ayni somsa yeyishni nazarda tutib aytiladi. Ichida to‘la quyruqli go‘shti bo‘lsa ham uni o‘simlik moyi bilan iste'mol qilish odat bo‘lib qolgan, – deydi jizzahliklar
Bundan tashqari mashhur fud bloger Mark Uins O‘zbekiston haqidagi navbatdagi videosida Jizzax somsalarini ham tatib ko‘rib, mazasiga yuqori baho berganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Jizzax viloyatining iqlim sharoitiga qaraydigan bo‘lsak, relef tog‘lik, qir va tekisliklardan iborat iqlimi keskin kontenintal. Tog‘oldi hududlarida iqlim cho‘l va dashtlarga nisbatan yumshoq. Shunga ko‘ra, jizzax somsalarining yuqorida ta'kidlanganidek, ilikuzdi vaqtida yeyilishi insonga kuch bersa kerak. Bu taomning siri bilan hali hanuz ko‘pchilik qiziqib keladi. Izlanishlar va surishti- ruvlar asosida shuni aytish mumkinki, “jizzax somsa”sinig asl sir va sinoati uning faqat jizzahda tayyorlanishidadir. Jizzaxning havosi, tandiri, o‘z yerida yetishtirilgan sabzavotlar unga o‘zgacha va takrorlanmas maza beradi. Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev SPUTNIK O‘zbekistonga bergan interv'yusida o‘zbek xalqining mehmondo‘stligini ta'kidlagan holda, eng sevib is-te'mol qilgan taomlari safiga “jizzax somsa”sini kiritgani so‘zimiz isbotidir.
5-6 kishiga 100 gr/329 kkal