Cho‘poncha kabob deganda odatda kabobning bironta turini tushunamiz, lekin aslida go‘sht bilan kartoshkaning yog‘da qovurilgan shaklidir. Ushbu taomni dastlab cho‘ponlar tomonidan tayyorlagan, shuning uchun taomning nomi ham “cho‘poncha kabob” nomi bilan atalgan.
Cho‘poncha taomi qo‘y go‘shtidan tayyorlanadi. Qadimda cho‘ponlar qo‘ylarni so‘yib, go‘shti bo‘laklarga bo‘lingan, qovurg‘asini bo‘lmay yirik yirik shaklda qovurib yeyishgan. Shuning uchun ham, bu taom cho‘poncha deyiladi va hozir ham qo‘yning qovurg‘asi bo‘linmay qoviriladi.
Pishirilish tarixiga e'tibor beradigan bulsak, cho‘ponlarning yashash sharoiti cho‘l va dasht hududlaridadir. Bir kuni bir cho‘ponning uyiga mehmon kelibdi. Ovqat pishirish uchun uning uyida faqat go‘sht va kartoshka bor bo‘lgan yekan. Shunda u mana shu taomni tayyorlabdi va shundan so‘ng mana bu taom tez-tez tayyorlanadigan bo‘libdi.
Bu taomning yana bir afzalligi tez va oson tayyorlanishidir.
5-6 kishiga 100 gr/425 kkal