Anor
brand food

Meva nomi: Anor

O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: achchiq dona, qozoqi, qayin anor, qizil anor, oq dona, ulfi

Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Vatani O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg‘oniston; yovvoyi turlari O‘rta dengiz atrofi, O‘rta Osiyoning janubida, Qrim, Kavkaz, Eron, Afg‘oniston, Old Osiyo va Dog‘istonda uchraydi. O‘zbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob (Varg‘anza) tumanlari a’lo sifatli anorlari bilan mashxur. O‘zbekiston sharoitida kech kuzda xashak, qamish bilan yopiladi yoki tuproqqa ko‘milib, bahorda ochiladi. Vegetatsiya davri 180-215 kun. Yozdan kuzgacha gullaydi. Mevasi 120-160 kunda – sentabrning ikkinchi yarmida pishadi.

 

 

Sevimli hamkorlarimiz