Meva nomi: Tarvuz
O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: O‘rinboy, Manzur, Chillaki F1, Krisbi F1, Krimstar F1, Surxon tongi, Dilnoz, Sharq ne’mati, Hayit qora, Qo‘ziboy, Guliston, Dilnoz, Korol Kuba 92, Marmar tarvuz, Olmos, Oʻzbekiston.
Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Pishib yetilgan tarvuzlarni tanlab-tanlab olish yo‘li bilan uch-besh marta yig‘ib olinadi. Kechki muddatda ekilgan navlar hosili esa bir marta yig‘ishtirib olinadi. Pishgan tarvuzlar polizda uzoq muddat tursa nobud bo‘ladi. Erta hosil olish uchun issiqxonalarda yoki ochiq dalada plyonka ostida koʻchatidan ekib yetishtirish mumkin. O‘zbekiston g‘allachilik ITI olimlari lalmi yerlarda yetishtirish uchun tarvuzning quyidagi navlarini ekishga tavsiya etadi: Jizzax va Samarqand viloyatlarining tekisliklarida Qo‘ziboy bogarniy; Bagaevskiy murashka, Oq qo‘ziboy 30, Tezpishar, Sputnik, tog‘oldi zonasida – Qo‘ziboy 30, Qo‘ziboy bogarniy, Xayit qora, Sputg‘shk, Mozaichniy; Qashqadaryo va Surxondaryo lalmi tekisliklarida – Tezpishar, Mozaichniy; Qo‘ziboy bogarniy; Oq qo‘ziboy, Xayit qora, Bagaevskiy murashka, Dinniy list; tog‘oldi lalmikorlikda – yuqoridagi navlar bilan birga Qo‘ziboy 30, Amerikanskiy beliy; Beliy dlinniy 107.