Meva nomi: O‘rik
O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Oddiy o‘rik, manchjuriya o‘rigi, sibir o‘rigi, david o‘rigi, qora o‘rik, Ahroriy, Subhoniy, Gulungi luchchak, Mirsanjali, Ko‘rsodiq, Xurmoi, Isfarak, Javpazak, Oq o‘rik, Navoiy, Shalax, Ruhi Juvanon, Mohtobi, Qandak, Subhoniy, Shalax, Yubileyniy Navoiy.
Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: O‘zbekistondagi o‘rikzorlarning asosiy qismi Farg‘ona vodiysi va Zarafshon vohasida joylashgan. O‘zbekistonda mart-aprel oylarida gullaydi, naviga qarab may-iyulda pishadi. O‘rik navlari asosan bahor-yoz oylarida pishib yetiladi. Mevalar to‘liq pishganda terib olinadi. Bunda qo‘l bilan bir meva uzib olinib, ohista savatlarga joylanadi. Ko‘pincha mevalar bir vaqtda pishmaganligi sababli, ular tanlab-tanlab bir necha bor teriladi. Har bir nav pishgan paytida o‘ziga xos rangga va tusga kiradi. Mevaning pishganligi shunga qarab aniqlanadi.