Meva nomi: Nok
O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Qishki nok, kuzgi oq nok, chillaki nok, yozgi nok,murut, olmurut, Korjinskiy, Vilyams, Lesnaya Krasavisa, Lyubimisa Klappa, Olive de Serr, Podarok, Starkrimson, Bergamot, Vilyams' 'Svetlyanka, Sibiryachka, Michurinskdan skorospelka,Tyoma,Tengqur, Rogneda, Jegalov xotirasi,Yakovlev xotirasi, Petr, Chijov,Yurev.Yozgi navlariga Vilyame yozgi navi, Zuxra, Lastochka, Podarok, Rano navlari kiradi. Kuzgi navlariga Lesnaya Krasavisa, Kuzgi kizil nashvati, Paxtakor, Medovaya navlari kiradi. Qishki navlariga kishki Dekanka, Royal zimnyaya, Olive de Serr, Qishki nashvati, Kyure navlari kiradi.
Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Mevasi naviga qarab iyun oxiridan oktabr boshlarigacha bo‘lgan davrda pishadi, kechpisharlari mart—aprelgacha saqlanadi. Nok mevalari bandiga zarar etkazmasdan teriladi. Ba’zi mahalliy navlar terilganidan so‘ng mahsus issiq sharoitda saqlanganida o‘ziga xos yumshoqlikka ega bo‘ladi. Kechki navlar terilganidan keyin saqlashga qo‘yilsa, ular bir necha hafta o‘tgach pishib, iste’molga yaroqli bo‘ladi.