Xurmo
brand food

Meva nomi: Xurmo

O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Tamopan, Zenji-maru, Xiakume

Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Dastlab xurmo bog'lari Respublikamizning Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi «O`zbekiston» janubiy-tajriba stansiyasida barpo etildi. Keyinchalik Namangan, Farg'ona viloyatlari sharoitida ham xurmo daraxtidan mo'l xosil olish mumkinligi tajribada aniqlandi. Xurmo mevalari asosan sariq yoki to‘q sariq rangga kirganda pishgan hisoblanadi. Mevalar ohista uzib olinadi va savatlarga joylanadi. Saqlash davrida mevalar yumshab qolishini inobatga olib, ular bir qator qilib taxlanadi. Terimdan so‘ng biroz muddat o‘tganidan keyin mevalar iste’mol uchun yaroqli holga keladi. Pishib o‘tib ketgan xurmo hosilini qushlar yeb hosilga zarar yetkazadi.

 

Sevimli hamkorlarimiz