Anjir
brand food

Meva nomi: Anjir

O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Kadota, Sariq anjir, Qora anjir, Chapla

Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi:  Anjir bir mavsumda ikki marta hosil beradi. Birinchi hosil (xoki anjir) ancha kam bo‘lib iyun-iyul oylarida, ikkinchisi (asosiy) hosil sentabr oyida pishadi. Pishgan anjir yumshoq bo’lishi kerak degani emas. Pishgan meva – mustahkam, butun va tarang ko’rinishda bo’lishi shart. Uni hidlab ko’ring, u xushbo’y bo’lishi kerak. Undan taralayotgan nordon hid uning pishib ketib, aynishni boshlayotganidan darak beradi. Anjir juda tez ayniydi. Shu sabab ham uni sovutgichda 3 sutkagacha saqlash va iloji bo’lsa tezroq iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Samarqand tumanining Bog‘ibaland mahallasidagi anjir foydali mikroelementlarga boyligi, ta’mi va sifati bilan boshqalardan ajralib turadi. O'zbekistonning hamma viloyatlari uchun moslashtirilgan.

Sevimli hamkorlarimiz