Meva nomi: Bodom
O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Bo‘stonliq navi – shaftoli bilan chatishtirish natijasida yetishtirilgan. Ertagi navi – Buxoro bodomini oddiy bodom bilan chatishtirib olingan. G‘alvirak (yupqapo‘choq) navi – bodomining o‘rtacha og‘irligi 1,9 g, mag‘zi to‘q, erta gullaydi, mevasi avgustda pishadi, sovuqqa chidami o‘rtacha. Bodomning Yalta, Kosmos, Nikitskiy 62, Turkmenistan a’losi kabi navlari ham ekilmoqda.
Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Bodom yovvoyi holda Markaziy Osiyoda va Kavkazda uchraydi. Shirin bodom, ya’ni madaniy holda Shimoliy Kavkaz, Krim, Markaziy Osiyoda o'sadi. Asosan, O‘zbekistonning dengiz sathidan 1000-1200 m gacha balandlikda bo‘lgan tog'li zonalarida Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida o‘stiriladi. Iyul-sentabr oylarida pishadi.