Meva nomi: Yong‘oq
O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Konsoy, Pioner, Vatan, Yubiley, Doʻrmon1, Doʻrmon2, Ideal, Uzbekiston tez pishari, Bo'stonliq
Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Yong‘oq asosan Toshkent viloyatining Parkent, Bo‘stonliq, Ohangaron tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Shahrisabz, Kitob tumanlari, Surxondaryo viloyatining Boysun, Denov tumanlari, Jizzax viloyatining Baxmal, Forish, G‘allaorol, Zomin tumanlarida yetishtiriladi. Hosili avgust-sentabr oylarida yig‘ib olinadi. Yurtimizda yong‘oq daraxti aprel-may oylarida gullaydi. Naviga qarab avgust oyi oxiridan boshlab pisha boshlaydi. Uning o‘suv davri 165-210 kun davom etadi. Yong‘oqning po‘chog‘i yupqa va mag‘zi to‘la bo‘ladigan navlari ko‘p ekiladi. Respublikamiz issiq hududlarida yong‘oq hosili avgust oyining 20-sanasidan boshlab yig‘ib olinadi.