Jiyda
brand food

 

Meva nomi: Jiyda

O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Oʻzbekiston oʻrmonchilik ilmiy tekshirish  institutida uning 20 ga yaqin navi taʼriflangan: Qizil jiyda, Raʼno, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Choʻli qandak, Qizil qandak va boshqalar.

Asosan qaysi viloyatlarda yetishtirilishi, qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Mevasi sentabr-oktabr oylarida pishib yetiladi. Kumushsimon jiydaning bo‘yi 2,5 metrgacha boradi, mevasi mayda, iste’molga yaroqli. Non jiydaning daraxti nisbatan past bo‘yli bo‘lib, nam joylarda o‘sadi. Qizil jiyda ham republikamizda keng tarqalgan bo‘lib, mevasi shirin, ser et. O‘zbekiston, Tojikiston va ko‘pgina mamlakatlarda ayrim tomorqa bog‘larida ekiladi. Ko‘proq yo‘l yoqalari, kanal bo‘ylari, dala-ihota o‘rmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi. Jiyda mevasini uzoq muddat saqlash mumkin. Pishib yetilganida terib olingach, bir necha oydan so‘ng ham o‘zining foydali xususiyatlarini yo‘qotmaydi.

 

Sevimli hamkorlarimiz