Qovun
brand food

Meva nomi: Qovun

O‘zbekistonda yetishtiriladigan navlari: Koʻkcha, Handalak, Sariq handalak, Oqurugʻ, Asati, Boʻrikalla, Koʻktinna, Koʻkcha, Choʻgari, Qizilurugʻ, Obi novvot, Shakarpalak  Zamcha, Rohat, Suyunchi – 2, Oltin vodiy, Lazzatli, Oltintepa, Kichkintoy, Obi novvot, Gurvak, Bo‘rikalla, To‘yona, Gurlan, Amudaryo, Gulobi Xorazmiy, Zar gulobi, Saxovat, Umrboqiy, Beshak, Davlatboy, Toshloqi, Dahbedi, Gurvak, Koʻybosh.

Qaysi mavsumda pishib yetilishi, terib olinishi va saqlanishi: Qovun naviga qarab iyun-avgust oylarida terib olinadi. Qovun hosili pishib yetilganlarini tanlab-tanlab olish yo‘li bilan uch-besh marta yig‘ib olinadi. Kechki muddatda ekilgan navlar hosili esa bir marta yig‘ishtirib olinadi. Pishgan qovunlar polizda uzoq muddat tursa nobud bo‘ladi. Kuzgi qovunlarni quruq ob-havo sharoitida pishgan va bir oz xomroq paytida yig‘ib olinadi. Bandi pichoq yoki qaychi bilan tanasiga zarar bermasdan qirqiladi. Qovunlarni saqlash uchun eng yaxshi harorat 0, +1˚C hisoblanadi. Havoning nisbiy namligi esa 85% ga yaqin bo‘lishi kerak. Bunday sharoitda uzoq saqlanadigan qovunlarni sovutgichda may oyigacha saqlash mumkin. Qovunlarni omborxonalarda osilgan holatda saqlash mumkin. Bunda omborxonalarda trubalar o‘rnatilgan bo‘lishi zarur va qovunlar bu trubalarga osib chiqiladi. Qovunlarni stellaj qavatlariga solingan somonning ustiga bir qator qilib, bandini pastga qilib, terib chiqiladi.  Jizzax  va  Samarqand viloyatlarining yuqori tekisliklarida va pastki tog‘oldi zonalarida yetishtirish uchun qovunning Yubileynaya, Arbakeshka 1219, Po‘rsildoq, Ichi qizil; kechpisharlaridan: Gulobi bogarnaya; tog‘oldi zonalarinish yuqori pog‘onalarida – yuqorida nomi  keltirilgan navlar va shular bilan birga Zarg‘aldoq-gulobi navi  ekishga tavsiya etiladi. Qashqadaryo  va  Surxondaryo  viloyatlarining  lalmi  tekisliklarida  qovunning  Bosvoldi,  Po‘rsildoq;  kechpishar navlaridan – Qo‘ybosh, Ichi qizil, Qo‘ybosh 476, Bogarnaya  34; tog‘oldi lalmi yerlarida – yuqoridagi navlar bilan birga  Arbakeshka 1219, Ko‘kcha 588; kechpisharlardan – Zarg‘aldoq  gulobi; Qora qand navlari ekiladi.

Sevimli hamkorlarimiz