04 March
eye731
Buxoroda o`zaro hamkorlik
Guli xanim

                      4-mart O`zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi raisi Gulnoza Odilova Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti direktori o`rinbosari Oybek Hakimov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog`ida Oliy Majlis huzuridagi NNT va Fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlash fondi tomonidan moliyalashtirilgan restoservice.uz loyihasi yuzasidan muhokama o`tkazildi.

                  Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda yo`lga qo`yilgan “Gastro-mahalla” loyihasi bilan yaqindan tanishtirilib, ushbu loyiha ko`lamini kengaytirish maqsadida gid-ekskursovod va tur-operatorlar ishtirokida o`zaro hamkorlikda infotur tashkil etish belgilab olindi.

 

               Shundan so`ng departamentning majlislar zalida restorator va mehmonxona egalari bilan restoservice.uz loyihasi muhokamasi yuzasidan fikr-mulohaza almashildi, umumiy ovqatlanish va sayyohlarga xizmat ko`rsatish tizimida ko`p yillik tajribaga ega mutaxassislarning taklif va tavsiyalari tinglandi. O`zaro hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.  

Sevimli hamkorlarimiz