O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda O`zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimiz Prezidentining 2021-yilgi parlamentga murojaatnomasidan kelib chiqib, mahallalarda turistik muhitni yaratish, fuqarolarning oilaviy tadbirkorlikni yo`lga qo`yishlari va o`z-o`zini band etishlariga amaliy ko`mak berish, sayyohlarni milliy taomlarimizni tayyorlash an’analari bilan yaqindan tanishtirish, milliy donalik taom savdosi bilan shug`ullanadigan fuqarolarni sayyohlarga xizmat ko`rsatish sohasiga jalb etish maqsadida “Gastro mahalla” loyihasi yo`lga qo`ymoqda. Dastlab, loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahri va Buxoro viloyatidagi sayyohlar tashrifi uchun qulay nuqtada joylashgan mahallalar belgilab olinib, loyiha uchun maxsus yo`riqnoma ishlab chiqilgan edi.
24-fevral kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan Achaobod, Qo`shtut, Chig`atoy darvoza, Eski shahar mahallalarida Gastronomik turizm assotsiatsiya raisi Gulnoza Odilova, Toshkent shahar hokimligi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi bo'lim boshligi Abdulaziz Shakarov va sayyohlarga xizmat korsatish sohasida ko'p yillik tajribaga ega mutaxassis, gid-ekskursovod Madina Almayevalardan iborat ekspertlar guruhi tomonidan mazkur loyihaning targ'ibot tadbiri o'tkazilib, mahalla ayollariga loyihaning maqsad va vazifalari tushuntirildi, uning ishtirokchilar uchun manfaatli jihatlariga alohida to'xtalib o`tildi.
Shuningdek, loyihaga qiziqish bildirganlar tomonidan berilgan savollarga javob qaytarildi.
Ushbu mahallalardan ko`p sonli ayollar loyihada ishtirok etish istagini bildirishdi va keyingi bosqichda ular bilan sayyohlarga xizmat ko'rsatish yo'nalishida treninglar olib borilib, sertifikat topshiriladi. Loyiha bilan boğliq keyingi jarayonlardan sizni boxabar etib boramiz.