04 March
eye2115
"Gastro mahalla" loyihasi Buxoroda
Guli xanim

O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan "Gastro mahalla" loyihasi yo'lga qo'yilgan edi. Mazkur loyihaning tarğibot tadbirlari davom etmoqda. 3-4- mart kunlari loyihaning dastlabki bosqichida belgilab olingan navbatdagi manzil, Buxoro shahrida joylashgan Kõkaldosh, Xo'ja Bulg'or, Mirzo Fayoz, Gau Kushon, Mavlono Sharif, Mir do'stim, Ko'hna mahallalarida istiqomat qiluvchi ayollar bilan uchrashuv qizğin jarayonlarga boy bo'ldi.

 

Buxoro shahrining turistik salohiyati avvaldan yuqori bo'lganligi va aholining sayyohlik haqida birmuncha ma'lumotga ega ekanligi sababli loyiha ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Tadbir davomida loyihaning maqsad vazifalari bilan yaqindan tanishish barobarida, ishtirokchilarning ham takliflari tinglandi, ular bilan fikr-mulohaza almashildi. 

                    Seminarning 2-kunida loyihada ishtirok etish istagida bo`lgan ayollarning ro`yxati shakllantirilib, ulardan birining xonadoniga tashrif buyurildi. Xonadondagi shart-sharoitlar bilan tanishildi. Ishtirokchilarga sayyohlarni kutib olish, ular bilan muloqat qilish, ko`rilishi kerak bo`lgan hozirliklar borasida trening o`tkazildi. Xonadon egasiga va qolgan ishtirokchi ayollarga mazkur xonadon misolida zaruriy tavsiyalar berildi.

                   Shundan so`ng xonadon sohibasi Inobat opa “Gastro mahalla”ga tashrif buyuradigan sayyohlarga tayyorlab bermoqchi bo`lgan taomlaridan biri “Lo`bli qayish” taomi bilan yig`ilganlarni mehmon qildi va haqiqiy o`zbekona mehmonnavozlik an’analari hamda uning aynan Buxoroga xos jihatlarini amalga ko`rsatib berdi.

Loyihaning keyingi bosqichida unda ishtirok etayotgan xonadonlar haqidagi to`liq ma’lumotlar va ularning taomnomalari elektron bazaga joylashtirib chiqiladi.

Sevimli hamkorlarimiz