17-18-sentabr kunlari O`zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda Buxoro va Navoiy shaharlarida "Gastromahalla" loyihasi taqdimoti yuzasidan seminar-treningi tashkil etildi. Unda mehmonxona, restoran va mehmon uylari egalari ishtirok etdi. Ularga loyiha haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, Navoiy, Buxoro shaharlari va G`ijduvon, Nurota tumanlarida 3 kunlik gastrotur dasturi tuzildi.
Kelgusida "Gastromahalla" loyihasi bo`yicha taqdimot tadbirlarini boshqa viloyatlarda ham o`tkazish rejalashtirilgan.