12 November
eye602
Immunitetni ko`taruvchi 9 mahsulot
Guli xanim

Yurtimizda kuz faslining so`nggi oyi hukm surayotgan va tobora qish yaqinlashib kelayotgan ayni kunlarda havo harorati pasayib, mavsum almashishi hisobiga gripp va shamollash kabi kasalliklar ko`payishi kuzatiladi. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi ham hali chekinmagan shunday bir paytda immunitetni mustahkamlash va buning uchun vitaminlar hamda foydali elementlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish yanada muhim. Quyida biz sizga ushbu mavsumda tavsiya etiladigan immunitetni mustahkamlovchi mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ushbu mahsulotlar vitamin va minerallarga boy bo‘lib, kunlar qisqarishi va salqin tushishi bilan organizmni kasallikka chidamli qiladi. Bordi-yu bemorlar iste’mol qilsa, ularning tezroq tuzalib ketishga yordam beradi. Ularni, albatta, ratsioningizga kiritishni unutmang.

Qovoq

Bu qovoq lattelari va kuzgi piroglaridan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi. Qovoq tarkibidagi C vitamini kuchli antioksidant vazifasini bajaradi va kasalliklarning oldini oladi. A vitamini immunitetni oshiradi. Bir stakan oshqovoq pyuresi A vitaminiga bo‘lgan ehtiyojning 200 foizini qoplaydi. Qovoqni sho‘rva, ragu va hatto makaron bilan ham pishirish mumkin.

Asal

Azaldan tana harorati ko‘tarilganda kattalar asalli choy buyuradi. Shuningdek, asalning foydalari olimlar tomonidan tasdiqlangan: u vitamin, aminokislota va antioksidantlarga boy. Bundan tashqari, antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan flavanoidlar va fenolik kislotalar ham mavjud. Qolaversa, asal yo‘talni to‘xtatuvchi tabiiy vosita bo‘lib, uning xususiyatlari kuzgi kasalliklarda mukammal vositaga aylantiradi. Asalli ko‘k choyga zanjabil va sitrus mevalar qo‘shib ichilsa, quvvatni oshiradi.

Gulkaram

Gulkaram – eng foydali mahsulot va S vitamini bilan to‘la. U immunitet sistemasining to‘g‘ri ishlashiga yordam beradi. Boshqa ekinlar singari gulkaram antioksidantlarga boy, yallig‘lanishga qarshi va kasalliklardan himoya qiladi. Uni shirin kartoshka bilan qovurib, ajoyib ta’mli garnir tayyorlash mumkin.

Bryussel karami

Bryussel karami tabiiy filtr vazifasini bajaradi va tanadan toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi. Bundan tashqari, u C, B6 vitamini, kletchatka va kaliyning ideal manbayi hisoblanadi.

Qattiq qovoq

Uzunchoq shakldagi qovoqlar juda mazali va kalsiy, beta-karotin va A vitaminiga boy. Bu kuzda oddiy kartoshka o‘rniga ushbu qovoq navidan taom tayyorlash mumkin. Uni kesib qovurish yoki pechda butun pishirish tavsiya etiladi

Olma

 Olma – C vitamini, kletchatka, kaliy, K vitamini, marganets va B guruhi vitaminlarining ajoyib manbayi. Butun qish uchun olmali murabbo va konservalari tayyorlab qo‘yish mumkin.

Zarchava

Zarchava – issiq choy va sovuq smuzi uchun ajoyib qo‘shimcha. U yorqin ta’mga va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Tanada yallig‘lanish boshlanganda immunitet pasayadi. Zarchava muvozanatni tiklashga yordam beradi.

Klyukva

Bu hoziroq shirin klyukva sousini sotib olish kerak degani emas, lekin klyukva yeyish – kuzda tanani qo‘llab-quvvatlashning ajoyib usuli. Klyukva tarkibidagi fitokimyoviy moddalar antioksidant va mikroblarga qarshi ta’sirga ega va keksayganda faollikni saqlashga yordam beradi.

Nok

 Birinchidan, nok tarkibida C vitamini bor, uning foydasini ortiqcha baholab bo‘lmaydi. Ikkinchidan, ular tarkibida yaxshi ichak bakteriyalarini oziqlantiruvchi pektin bor. Pektin immunitetni tartibga solish bilan birga, shamollash, gripp va infeksiyalarga qarshi kurashda yordam beradi.

 

*Internet tarmoğidan olingan ma'lumotlar asosida tayyorlandi.

Sevimli hamkorlarimiz