12 March
eye3177
"Lazzatli O'zbekiston" birinchi kulinar ensiklopediyasining taqdimot marosimi
Guli xanim

23- dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida "Lazzatli O'zbekiston" kulinar ensiklopediyasining taqdimot marosimi o'tkazildi.

Ushbu loyiha Prezidentimizning 2019-yil 5-yanvardagi "O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi" Farmoni hamda 2018-yil 7-fevraldagi "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori ijrosi doirasida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan turizm sohasidagi jamoat tashkilotlarini institutsional qo'llab quvvatlash uchun ajratilayotgan mablag'lar doirasida, O'zbekiston Oshpazlar uyushmasi va O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi hamkorligida amalga oshirildi. Uch tilli ensiklopediyaning birinchi tiraji kulinariya sohasi vakillari, turizm va oshpazlik yo'nalishida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar hamda talabalar e'tiborini qozonib, katta qiziqish uyg'otdi.

Eslatib o'tishimiz joizki, mazkur kitob shu yilning 6-8-noyabr kunlari Xalqaro Kulinar chempionati doirasida Xorijlik mehmonlarga taqdim etilib, dunyoning 20 ta davlatidan tashrif buyurgan 200 dan ortiq mutaxassislar tomonidan yuqori darajadagi e'tirofga sazovor bo'lgan edi.

Ushbu kitobni ulgurji va chakana narxlarda xarid qilish uchun quyidagi raqam orqali buyurtma berishingiz:

+998974421445

e-mail: gastrouz@inbox.ru

yoki "Navro'z bog'ida joylashgan ofisimizdan olishingiz mumkin.

Manzil: Labzak ko'chasi,12/1 uy

Mo'ljal: "Osiyo Grand" restorani

Sevimli hamkorlarimiz