20 September
eye794
Mavsumiy taom: Qovoq barak
Guli xanim

Biz o`tgan gal saytimiz orqali qovoqning foydali xususiyatlari haqida so`z yuritgan edik.  Bu gal qovoqdan tayyorlanadigan mavsumiy taomning tayyorlanishini siz bilan bo`lishamiz.

 

Qovoq  barak. U Xorazmda "kadi barak" nomi bilan ham ataladi. Agarda siz shirin taomlarni xush ko`rsangiz bu taomni ta`tib ko`rishni tavsiya qilamiz, chunki qovoq dimlanish jarayonida yanada shirali bo`ladi va xamirga o`rab pishirilgani sabab o`z mazasini yo`qotmaydi. Aynan saryog` bilan tanavvul qilinsa, kun yarimigacha ochlikni his qilmasdan yurasiz. Qovoq barak kuz va qish fasllarida ko`p tayyorlandi va iste`mol qilinadi. Aynan bahor va yoz faslida qovoq pishiqchiligi davri bo`lmagani sababli bu taom ham mavsumiy taomlar sirasiga kiradi.

 

“Qovoq barak”  (Kadi barak)

 

Kerakli masalliqlar:  

 

Xamir uchun:

  • 500gr  un;
  • 2ta tuxum;
  • 150ml sut;
  • 1choy qoshiq tuz.

Qiyma uchun:

  • 1kg  qovoq;
  • 3ta tuxum;
  • 100gr  sariyog`;
  • ta’bga ko`ra tuz.

 

Tayyorlash jarayoni: Sutga tuxum va tuz solib yaxshilab aralashtiriladi. Elakdan o`tkazilgan un qo`shib qattiq xamir qoriladi va 20 daqiqa tindirib qo`yiladi. Yupqa qilib yoyib to`rtburchak yoki aylana qilib  kesib chiqiladi.  Ikkita chet qismi namlab, o`rta qismi ochiq qoldiriladi. Qiyma tayyorlab olinadi. Buning uchun qovoq  qirg`ichdan chiqaziladi va sariyog`da past olovda dimlab pishiriladi. Qovoq ezilib pyure holiga kelguncha dimlanadi va pishgan qovoq sovutiladi, tuz qo`shiladi. Sovigan qovoqqa tuxum qo`shiladi. Suyuq bo`tqa xolida bo`lgach xamir ichiga 4/3 qismi to`lguncha qiyma solinadi va tugiladi. Qaynab turgan tuzli suvda qaynatiladi. Qovoq barak pishgandan so`ng saryog` yoki ayron bilan birga dasturxonga tortiq qilinadi.

 

Qo`shimcha tavsiya: Agar qovoq uncha shirin bolmasa tabga ko`ra shakar qo`shgan maqul, chunki yuqorida aytib o`tilgandek bu taom shirin taomlar sirasiga kiradi. Sariyog ishlatganda esa iloji boricha uy sharoitda mol sutidan tayyorlangan sariyog`dan foydalanish kerak.  Xamir qorganda esa qovoq suvidan foydalansa xamir juda mayin va ishtaxa ochadigan rangga kiradi. 

 

 

*Taom retsepti  oshpaz  Azamat  Ro`ziboyev tomonidan taqdim etilgan.

 

Sevimli hamkorlarimiz