Bugun sizlar bilan yana bir kuzgi mavsumiy taom Tandir qovoqning tayyorlanish usuli bilan bolishamiz. Ushbu vitaminlarga boy taomni tayyorlan oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni xursand qiling.
Demak, kerakli masalliqlar:
• 1 dona katta salla oshqovoq;
• 200 gr dumba;
• 200gr mol go’shti;
• 100 gr qaynatilgan makkajo’xori;
• 4 dona kartoshka;
• 2 ta sabzi;
• 1,5 choy qoshiq tuz;
• 3-4 ta yalpiz barglari.
Tayyorlash jarayoni: Dastlab, qovoqning ustki qismi ehtiyotkorlik bilan olinadi. Song, o’tkir pichoq bilan qovoqning ichki qismi ham tozalanadi. Bo`shagan qovoq ichiga to`rtburchak qilib to`g`ralgan masalliqlarni galma-gal solamiz. Avval dumba yog’ini terib olamiz, keyin kartoshka, go`sht, so`ng sabzini terib, tuz sepamiz. Keyin esa makkajo`xorilarni ustidan piyoz va yalpizni qo`yib, 200 gr suv quyamiz. Jarayon avvalida kesib olingan qovoqning bosh qismini qopqoq sifatida yopamiz va qovoqqa mos qoppoqli qozonga solib qizib turgan tandirning cho`g`lariga ko`mamiz. Tandirning og`zini ham yopib qo`yamiz. 25- 30 daqiqada taom tayyor bo’ladi.
Yoqimli ishtaha!