05 May
eye2730
O'zbekistonning noyob taomlari
Guli xanim

Aziz yurtdoshlar!

Karantin vaqtida uyda zerikib o'tiribsizmi?

O'zbek milliy taomlarini tayyorlashga qiziqasizmi?

Balki, o'z hududingizga xos, yo'qolib borayotgan, tarixiy taomlarni jahonga mashxur qilish niyatingiz bordir?!

Unda, diqqat qiling!

O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi va O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi aynan Siz uchun 

 "O'zbekistonning noyob taomlari" tanlovini e'lon qiladi. 

Tanlov shartlari juda oddiy!

Unga ko'ra, Siz o'z hududingizga xos qadimiy, antiqa hamda tobora yo'qolib borayotgan kamida 5 ta milliy taom(quyuq, suyuq taom, pishiriq, shirinlik)ning retseptini bizga yuborishingiz kerak. 

Retsept matniga qo'yilgan talablar:

  • Taom, uning tarixi va muallifi haqida qisqacha ma'lumot va qiziqarli faktlar;
  • 5-6 kishilik portsiya uchun kerak bo'ladigan masalliqlar ro'yxati (kg, gr, l, qoshiq kabi õlchovlar bilan);
  • Tayyorlash jarayoni aniq ketma-ketlikda yozilishi;
  • Masalliqlarning qanday shaklda to'g'ralishi (kubik, somoncha, xalqasimon va shu kabi);
  • Taomning yanada mazali chiqishi uchun muallifning qo'shimcha eslatma va tavsiyalari bo'lishi kerak.

Shuningdek, retseptga foto yoki video lavhalarni ham ilova qilish mumkin. 

G'oliblar O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan

1-õrin uchun 5 000 000 (besh million) so'm

2-õrin uchun 3 000 000 (uch million) so'm

3-õrin uchun 2 000 000 (ikki million) so'm miqdoridagi pul mukofotlari, shuningdek, O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan Diplom va sertifikat hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar.

Eng sara retseptlar "O'zbekistonning noyob taomlari" kitobiga sulolangizga oid retsept sifatida taom muallifi ism familiyasi bilan birga kiritiladi. Ushbu kitob bir necha chet tillariga tarjima qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun O'zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasining rasmiy kanaliga obuna bõling @gastrotourism_uz va qayta aloqa boti orqali retseptlarni bizga yuboring @gastrotourismbot

Materiallar 20-may kuniga qadar qa'bul qilinadi

Tanlov, uning jarayoni va ishtirokchilar haqida batafsil ma'lumotlarni online-tourism.uz va gastrotourism.uz saytlari orqali berib boramiz.

Sevimli hamkorlarimiz