15 June
eye612
“Paxtapiyova” taomi haqida eshitganmisiz?
Guli xanim

 

Agar yo`q bo`lsa, biz Sizga u haqida biroz ma’lumot berib, tayyorlash usulini ham o`rgatamiz. Ma’lumotlarga ko`ra paxtapiyova qadimiy taomlardan biri bo`lib, u 1930-1950 yillar oralig’ida paydo bo’lgan. Urush yillarida ocharchilik davrida ushbu taom  ko’proq tayyorlab iste`mol qilingan. Paxtapiyova yoz mavsumiga mansub taom bo`lib juda tezda tayyor bo’ladi. Tayyorlash usuli ham oddiy.

Kerakli masalliqlar:

  • 100 gramm pomidor qoqi;
  • 100 gramm piyoz;
  • 100gramm loviya;
  • tabga kura saryog’;
  • tuz;
  • qotgan non bo`laklari.

Tayyorlash jarayoni: Qozonga saryog’ni solib eritib ustidan piyozni solib qovuramiz. Keyin ustidan pomidor qoqi va suv solib qaynatiladi. Qaynash jarayonida tabga ko`ra tuz solinadi.Tayyor bo’lgan taomga qotgan non solib ichish mumkin.

Vaqt tig`iz bo`lgan paytda siz ham ushbu taomni tayyorlab, ta’tib ko`ring. Yoqimli ishtaha!

 

Sevimli hamkorlarimiz