20 August
eye544
Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot chog`ida gastronomiya va turizm bo`yicha muhim fikrlarni bildirdi
Guli xanim

Xabaringiz bor, bugun prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqotni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida 500 ga yaqin tadbirkor, viloyatlardagi studiyalarda esa jami 2000 ga yaqin ishbilarmonlar kuzatdi va ishtirok etdi.  
Davlatimiz rahbari  muloqot davomida bir necha muhim masalalarga to‘xtalib o‘tib,  xususan, shunday fikrlarni bildirdi:


“Pandemiya davom etayapti va bu xizmatlar sohasi, ayniqsa umumiy ovqatlanish va turizm korxonalari uchun qanchalik og‘ir bo‘layotganinibarchamiz ko‘rib turibmiz, albatta.

Bu borada, umumiy ovqatlanish va turizm korxonalaridan o‘tgan yili berilgan imtiyozlarni uzaytirish bo‘yicha 300 dan ortiq murojaat kelib tushgan. 

Shu bois, jami 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini yil yakuniga qadar yer va mulk solig‘idan ozod qilamiz. Bu imkoniyat ularga 30 milliard so‘m qo‘shimcha ko‘mak deganidir.

Ularning boshqa soliqlardan mavjud 35 milliard so‘m qarzlari muddatlari joriy yil yakunigacha uzaytiriladi, kreditlarini qaytarish ham kechiktiriladi.

Shu bilan birga, turizm kompaniyalari va mehmonxonalarni turistik yig‘imlardan 2 yil muddatga ozod qilsak, nima deysizlar?

Bu – hozirgi qiyin sharoitda tushumi kamayib ketgan 2 ming nafar tadbirkor ixtiyorida 150 milliard so‘m qoladi, degani".

Sevimli hamkorlarimiz