O`zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda O`zbekiston Gastronomik turizmi assotsiatsiyasi tomonidan yo`lga qo`yilgan “Gastro-mahalla” loyihasining targ`ibot tadbirlari davom etmoqda.
Bir guruh mutaxassislar 25-fevral kuni navbatdagi manzil Yunusobod tumanidagi, Otchopar, Shahriston, Bo`zsuv mahallarida ish bilan band bo`lmagan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan uchrashdilar. Dastlab, yig`ilganlarga so`rovnoma tarqatilib, gastronomik turizm, gastro mahalla tog`risida biror bir tasavvur mavjud yoki yo`qligi haqida yozma ravishda ma’lumot olindi.
So`ng shu ma’lumotlardan kelib chiqib loyiha haqida atroflicha tushuncha berildi, uning maqsad va vazifalari aniq bayon etildi. Loyihada ishtirok etish istagini bildirgan ayollarning ma’lumotlari aks etgan ro`yxat shakllantirildi va ular bilan bo`lib o`tadigan keyingi uchrashuv sanasi belgilab olindi.
Loyihaning targ`ibot tadbirlari davom etadi. Keying manzil: Buxoro viloyati.