Qurtoba juda qadimiy taomlardan biri sanaladi. Bu taom Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani, Sangardak tog’li hududlarida avvallari ko’p tayyorlangan. Sangardak qishlog’ida qadimda momolarimiz yoz faslida qatiq(chakki, suzma)dan qurut tayyorlashgan va uni qishda Qurtoba tayyorlash uchun ishlatganlar. Qurtoba kuz-qish mavsumi uchun mo`ljallangan taom bo`lib, u juda to`yimli hisoblanadi. Qish g`amini yozda ye deganlaridek, ushbu taomning asosi aynan yoz faslida tayyorlanishini inobatga olib qaynoq mavsum eshik qoqib turgan bir pallada siz bilan qurtoba tayyorlashning o`ziga xos usulini bo`lishmoqchimiz.
Kerakli masalliqlar:
Tayyorlash jarayoni: Dastlab patirni tandirda pishirib 10 daqiqa sovutishga qo`yamiz. Bitta yog`och tovoqqa 1 litr suvni solib ustidan qurut bilan quritilgan rayhonni solib yaxshilab ezib aralashtiramiz. Ustidan boshqa bir tovaga saryog’ bilan dumbani solib eritamiz, so’ngra ustidan piyozni somoncha qilib to’g’rab solib qizarguncha. qovuramiz. So’ngra tayyor bo`lgan qovurmani lagandagi aralashmaning ustidan solamiz. Ulardan keyin yana patirni mayda qilib qo`l bilan to'g'oraga solamiz. Hammasini aralashtirib va tuz solib 5 daqiqadan keyin dasturxonga tortamiz. Chunki ana shu qisqa vaqt mobaynida saryog’ va qo`y dumbasining yog’lari patirga singib taomning yanada mazali bo`lishini taminlaydi.
Qo`shimcha tavsiya: Qurtoba yanada xushxo`r chiqishi uchun uning tarkibiga 2 dona pomidor, bodiring va ozroq sarimsoq piyoz ham solish mumkin. Shuningdek, uni tayyorlashda baqlajon yoki bulg`or qalampiridan ham foydalansak bo`ladi. Ba'zida unga go`sht solib ham tayyorlashadi.