Oylar sultoni ramazon kirib kelib yarimlab ham qoldi. Aynan mana shu oyda to`g`ri ovqatlanishga amal qilish har qachongidan ham muhim. Chunki, kun davomida qorinni to`q tutaman deb pala-partish ovqatlanish natijasida organizmni zo`riqtirib qo`yish hech gap emas. Biz esa buning oldini olish uchun ayrim tavsiyalarni sizga taqdim etamiz.
Saharlik
Ertalab uyg‘onganimiz hamonoq dastlab suv ichib olib, keyin saharlikka tayyorgarlik ko‘rilsa, 10–15 daqiqadan so‘ng yegan taomimiz suv bilan aralashmasdan noqulayliklardan qutulamiz.
Saharlikda bizni asosiy ichimligimiz suv bo‘lishi lozim, choy ichgan taqdirimizday ham imkon qadar faqat ko‘k choy va albatta, uni achchiq qilib damlamasdan ichish lozim.
Quyidagi mahsulotlar bizni kun davomida chanqashimizga va ichgan suvimizni tezroq tanamizni tark etishiga sabab bo‘lishi mumkin:
Quyida saharlik qilish uchun to‘rt xil eng foydali mahsulot turlarini keltirib o‘tamiz.
Ho‘l mevalardan to‘yib olib, bu bilan birga suv ichmasayam bo‘ladi, faqat mevalarni o‘zi yeyiladi, xolos. Bir litr suv shuncha hajmdagi meva yeyish bilan barobar.
Yuqoridagi to‘rt xil turdagi mahsulotlarni saharlik paytida imkon qadar bir-biriga aralashtirmasdan alohida iste'mol qilish tavsiya qilinadi. Bu kun davomida o‘zimizni yaxshi his qilishimizga zamin yaratadi.
Iftorlik
Bu paytda oshqozonimiz va butun sezgi organlarimiz hazm qilish va ta'm sezishga shay turadi, shu sababdan bu paytda insonni ta'm sezish organlari ikki baravar yaxshi ishlaydi.
Avval ikki dona xurmo va taxminan 300 ml gacha iliq yoki uy haroratidagi suv bilan og‘iz ochib olamiz, yoki suvni kamroq ichib, ho‘l mevalardan yeb olib, so‘ngra 10–15 daqiqadan so‘ng ovqatlanishimiz mumkin. Bu xuddi avtoulovni haydash uchun qizdirib tayyorlashdek, oshqozonimizni ovqat hazm qilishga shay qiladi. Kechki ovqat imkon qadar tez hazm bo‘ladigan va yengil bo‘lishi lozim va albatta, barra salatlar, ko‘katlar bilan birga iste'mol qilish lozim. Ovqatlanib bo‘lib, taxminan 30–40 daqiqadan so‘ng yaxna ichimliklar, shirinliklar va boshqa shirin mevalardan iste'mol qilishimiz mumkin.
Kechasi yotishdan oldin, qatiq, tarvuz va boshqa tez hazm bo‘ladigan meva va sabzavotlardan yeb olib, so‘ngra uxlashimiz mumkin.
Kechqurun ham kofeinni minimum darajada iste'mol qilish lozim, chunki qisqa tunlarda uxlashimiz va tanamizni navbatdagi kunga tiklab olishimiz lozim bo‘ladi.
Butun dunyo tibbiyot va tabobat olimlari ro‘zani ming dardga davo, deb ta'kidlashadi. Oshqozon kasalliklari, bo‘g‘inlardagi muammolar, tuzlar, toshlar, qon bosimi va boshqa kasalliklardan birvarakayiga xalos bo‘lishni istasangiz, albatta, imkoni boricha yuqoridagi maslahatlarga to‘liq rioya qiling. Shundagina ro‘zani 30 kun qiynalmay tutasiz, Alloh rizoligiga erishasiz, shifo ham topasiz.
Bloger Rashid Usmonov tavsiyalari