“Halol” verifikatsiyasi sertifikati Butun dunyo islom davlatlari kulinar jamiyatlari uyushmasi WICS tomonidan tasdiqlangan bo`lib mahsulotlar va umumiy ovqatlanish xizmatlarining muvofiqligini tekshiruvchi va tasdiqlovchi loyiha.
"Halol" sertifikatini olish bizga nimaga kerak?
Bugun butun dunyoda musulmon aholi va halol ovqatlanish bozori shiddat bilan o`sib bormoqda. Raqamlarga nazar tashlaymiz:
2018 yilda musulmon aholi soni 1,8 mlrd ortgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2030-yilga borib 2,2 milliard yetishi kutilmoqda.
Halol oziq-ovqat bozorning o'sishiga e’tibor qaratamiz:
2017-yil 1 trillion 306 milliard dollar o`sish ko`rsatkichi 2023-yil 1 trillion 863 milliard dollarga yetishi bashorat qilinmoqda.
Shuningdek, bugun butun dunyoda musulmon sayyohlar soni ko`payib bormoqda. Buning natijasida esa halol oziq-ovqat iste’moliga bo`lgan ehtiyoj ham unga parallel ravishda ortmoqda.
Sertifikatning tadbirkorga qanday foydasi bor?
Birinchidan, yangi bozorga kirish imkoniyati paydo bo`ladi. Ikkinchidan, yangi mijozlar oqimi paydo bo`lishi va mavjud potensial mijozlar sonining oshishiga sabab bo`ladi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonasining nufuzini oshiradi va mijozlarda korxonaga nisbatan ishonchni shakllantiradi.
"Halol" sertifikati qo`lga kiritish uchun qanday talablar mavjud?
Qanday bilimlar talab qilinadi?
“Halol” sertifikatini qo`lga kiritish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
Shuningdek, ishchi xodimlaringiz uchun maxsus kurslar taqdim etiladi.
Tashkilotingizning har bir xodimi halol sertifikati talabi darajasida xizmat ko`rsatish bo`yicha onlayn va oflayn darslar orqali o`z bilim va ko`nikmalarini oshirishlari mumkin.
Kurslar quyidagi yo`nalishlarda tashkil etilgan:
Eslatma! Agar sizning restoraningiz, yoki siz faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonasi ham “Halol” sertifikatiga ega bo`lishni istasangiz bizga murojaat qiling:
Gulnoza Odilova, loyiha koordinatori
+998(97) 442-14-45
Akbar Umarov, Halol qo`mitasi prezidenti
+998(90) 991-89-04