No‘xatsho‘rak ko‘pchilikning sevimli taomlaridani biri bo‘lib, u asosan Samarqand viloyatida tayyorlanadi. No‘xat mahsuloti qadimdan dori-darmon sifatida foydalanib kelingan. Vaqtlar o‘tishi bilan bu mahsulotning salomatlik uchun ko‘plab foydali xususiyatlari ma'lum bo‘lgach, no‘xatdan taom tayyorlashda ham foydalana boshlangan. Jumladan, no‘xatsho‘rak taomini iste'mol qilish yuz yoki tanadagi nuqtali qontalashlarni ketkazadi. No‘xat ivitilgandagi suv tish og‘rig‘iga va milkdagi shishlarga foyda beradi. Quloqlar ostidagi shishlarga ham davo bo‘ladi. Shuningdek, no‘xatsho‘rak o‘pkani boshqa oziq-ovqatlarga nisbatan ko‘proq oziqlantirish xususiyatiga ega. No‘xatsho‘rak asab va yurak-qon tomiri tizimining yanada faolroq ishlashi uchun zarur bo‘lgan ozuqalarga ega. Barchamizga ma'lumki, no‘xatsho‘rak mamlakatimizning, asosan, Samarqand viloyatida tanovul qilinadi. Buning asosiy sabablaridan biri no‘xat mahsulotining ushbu hududda keng yetishtirilishidir. Tabiiy sharoitiga ko‘ra Samarqand viloyati keskin kontinental iqlimga ega bo‘lib, yeri lalmikor hisoblanadi. Yozi issiq va quruq, qishi esa sovuq bo‘ladi. No‘xat issiqsevar o‘simliklar guruhiga mansub bo‘lganligi bois, O‘zbekistonning janubiy qismlarida o‘sadi. Samarqand viloyati sharoitida yerlarda optimal no‘xat ekish muddati mart oyining dastlabki kunlaridan boshlanadi. No‘xatning ko‘plab mahalliy nomlarini uchratish mumkin, jumladan: no‘xat, naxo‘t, naxot, nuxut (O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Armanistonda), baraniy gorox, puzirnik, mozgovoy goroshok, pupatiy gorox, moxnatka (Ukrainaning Qrim viloyatida va Rossiyaning boshqa hududlarida) va hokazo. No‘xat sho‘rak iste'mol qilish nafaqat kattalarga, shuningdek, yosh bolalarga ham birday tavsiya qilinadi. Chunki, no‘xat bolaning rivojlanishi uchun zaruriy vitaminlar va mikroelementlarga boy. No‘xatsho‘rak taomini iste'mol qilishning quyidagi foydali jihatlari mavjud: Miyaning funksional rivojlanishiga yordam beradi, asab tizimini faollashtiradi, quvvat va energiya beradi; Vegetarianlar uchun no‘xat sifatli o‘simlik oqsilining va go‘shtning muqobil manbasi hisoblanadi.
5-6 kishiga 100 gr/207 kkal