BUXORONING G‘IJDUVON KABOBI
brand food

Masalliqlar: mol go‘shti – 1 kg qo‘yning dumba yoki charvi yog‘i -200 gr piyoz – 200 gr tuz va ziravorlar (yanchilgan zira, kashnich urug‘i)- ta'bga ko‘ra

 

Tayyorlanishi: Mol go‘shti tozalanib yuviladi, uncha katta bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘linadi. Piyoz xalqa shaklda to‘g‘ralib, tuz va ziravorlar bilan birga go‘shtga qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi. So‘ngra qiymalagichdan bir marotaba o‘tkaziladi. Qiyma idishga solinib yaxshilab aralashtiriladi. (qiymaga sarimsoq piyoz va ko‘kat solsa xam bo‘ladi). Qiyma ikkiga bo‘linib, polietilen qog‘oziga solinib yassi holatga keltiriladi. Qiyma muzlatkichga kamida 6 soatga  qo‘yiladi.  Qiyma toshdek qattiq xolatga keladi. Muzlatilgan qiyma bolta bilan mayda bo‘laklarga bo‘linadi. So‘ngra yana bir marotaba muzlatilgan xolatda qiymalagichdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng ushbu qiyma ikkinchi marotaba qiymalagichdan o‘tkaziladi. 80-90 gr miqdorida qiymadan uzib olinib sixlanadi. Bunda xar safar qiymani uzib  olishdan avval qo‘lga  yopishmasligi uchun  kosadagi sovuq suvga pishib olish kerak. Tayyorlangan va yaxshi qizib turgan qo‘radagi ko‘mir cho‘g‘ining ustiga  qo‘yib, aylantirib, qizartirib pishiriladi. Tayyor kabob sixi bilan  laganga solinib aloxida xalqa shaklda to‘g‘ralgan piyoz bilan beriladi. ( to‘g‘ralgan piyoz sovuq suvda yuvilib, ustiga qora maydalangan murch bilan aralashtirilib berilsa ham bo‘ladi.)

Ushbu taom tayyorlanadigan restoranlar

Sevimli hamkorlarimiz