22 August
eye1165
“HALOL”  VERIFIKATSIYASI  SERTIFIKATI O`ZI NIMA?
Guli xanim

         “Halol” verifikatsiyasi sertifikati Butun dunyo islom davlatlari kulinar jamiyatlari uyushmasi WICS tomonidan tasdiqlangan bo`lib mahsulotlar va umumiy ovqatlanish xizmatlarining muvofiqligini tekshiruvchi va  tasdiqlovchi loyiha.

"Halol" sertifikatini olish bizga nimaga kerak?

Bugun butun dunyoda musulmon aholi va halol ovqatlanish bozori shiddat bilan o`sib bormoqda. Raqamlarga nazar tashlaymiz:

2018 yilda musulmon aholi soni  1,8 mlrd ortgan bo`lsa, bu ko`rsatkich 2030-yilga borib 2,2 milliard yetishi kutilmoqda.

Halol oziq-ovqat bozorning o'sishiga e’tibor qaratamiz:

2017-yil  1 trillion 306 milliard dollar o`sish ko`rsatkichi 2023-yil 1 trillion 863 milliard dollarga yetishi bashorat qilinmoqda.

Shuningdek, bugun butun dunyoda musulmon sayyohlar soni ko`payib bormoqda. Buning natijasida esa halol oziq-ovqat iste’moliga bo`lgan ehtiyoj ham unga parallel ravishda ortmoqda.

Sertifikatning tadbirkorga qanday foydasi bor?

Birinchidan, yangi bozorga kirish imkoniyati paydo bo`ladi. Ikkinchidan, yangi mijozlar oqimi paydo bo`lishi va mavjud potensial mijozlar sonining oshishiga sabab bo`ladi. Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonasining nufuzini oshiradi va mijozlarda korxonaga nisbatan  ishonchni shakllantiradi.

"Halol" sertifikati qo`lga kiritish uchun qanday talablar mavjud?

  • Korxona ishchi xodimlari;
  • Korxona boshqaruvi xodimlari;
  • Umumiy ovqatlanish binosi;
  • Xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlariga;
  • Zaruriy jihozlarga nisbatan belgilangan talablar mavjud.

Qanday bilimlar talab qilinadi?

  • Muqaddas Qur’on kitobidan xabardor bo`lish;
  • Sunnat va fatvolar haqida bilish;
  • Xalqaro standartlarni o`zlashtirgan bo`lish;
  • Diniy tashkilotlar faoliyatini kuzatib borish  talab etiladi.

 “Halol sertifikatini qo`lga kiritish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Ariza topshirish;
  2. Hujjatlarni auditor tekshiruvidan o`tkazish;
  3. Hududiy audit tekshiruvidan o`tish;
  4. “Halol” sertifikatini topshirish bo`yicha qo`mita qarorining qabul qilinishi;
  5. “Halol” sertifikatini taqdim etish.

Shuningdek, ishchi xodimlaringiz uchun maxsus kurslar taqdim etiladi.

Tashkilotingizning har bir xodimi halol sertifikati talabi darajasida xizmat ko`rsatish bo`yicha onlayn va oflayn darslar orqali o`z bilim va ko`nikmalarini oshirishlari mumkin.

Kurslar quyidagi yo`nalishlarda tashkil etilgan:

  • boshqaruvchilar uchun;
  • oshpazlar uchun;
  • sotuvchilar uchun;
  • ofitsiantlar uchun;
  • sanitarlar uchun.

Eslatma! Agar sizning restoraningiz, yoki siz faoliyat yuritayotgan umumiy ovqatlanish korxonasi ham “Halol” sertifikatiga ega bo`lishni istasangiz bizga murojaat qiling:

Gulnoza Odilova, loyiha koordinatori

+998(97) 442-14-45

Akbar Umarov, Halol qo`mitasi prezidenti

+998(90) 991-89-04

 

 

Sevimli hamkorlarimiz