Dunyo oshxonasi turfa xil, rang-barang taomlarga boy. Ana shunday xilma-xilliklar orasida ba’zan shunday o`xshashliklar ham uchrab turadiki, ular sizni hayratga solmasdan qolmaydi. Masalan koreyslarda bizning mantiga o`xshash taom bor, nomi ham juda o`xshash “mandu”.
Lekin, nomlardagi o`xshashlikni shunchaki tasodif deb bo`lmaydi, “mantou” xitoychadan “to`ldirilgan bosh degan ma’noni anglatadi. Gap shundaki, ba’zi ma’mulotlarga ko`ra mandu dastlab Xitoyda Xan imperiyasining sulolasi davrida (miloddan avvalgi 206 yildan milodiy 220 yilgacha hukmronlik qilgan) paydo bo'lgan. Koreyada Mandu Koryo davrida paydo bo'lgan. "Koryo tarixi" da yozilishicha 1343-yilda podshoh Chunghe hukmronligi davrida bir kishi shoh oshxonasiga kirib, Manduni o'g'irlab ketganligi va buning uchun jazolanganligi haqida so'z yuritilgan. Shuningdek, mandu atamasi qadimgi koreys “Kutib olish odobi” traktatida ham uchraydi (1643). Ushbu hujjatda Xitoy elchilari mandu bilan mehmon qilingani haqida aytilgan.
Mandu turli xil nachinka bilan tayyorlanadi va ko'pincha ular aralash holda ishlatiladi. Bu go'sht (cho'chqa go'shti, parranda go'shti), baliq, dengiz maxsulotlari, sakatat, tofu, soya (yoki mung) nihollari, piyoz, yashil piyoz, qo'ziqorin (birinchi navbatda Shiitake), karam (oq karam, Pekin karami), qovoq va boshqalar. Bu jihatdan mantiga juda yaqin, ya’ni bizning manti nachinkasi uchun ham go`sht (mol, qo`y go`shti), hayvon yog`i, sabzavotlar (qovoq, kartoshka, sabzi, piyoz), turli xil ziravorlar, ko`katlar ba’zan alohida, bazan aralash holda ishlatiladi.
Lekin manduning o`ziga xos, farqli jihati shundaki, bizda manti maxsus manti qozonda bug`da pishirilsa, u ko`p usulda tayyorlanadi: qaynatiladi, bug' bilan pishiriladi, qovuriladi, dimlanadi. Ana shu usullarga qarab nomlari ham turlicha. Masalan, pechda yoki qovurilgan holda pishirilgani Kunmandu, bug'langani Chinmandu deyiladi. Bulonda (yoki suvda) qaynatib pishirilgani mulmandu deb nomlandi. Koreyslar manduni, asosan,baliq (ko'pincha) yoki mol go'shti (kamroq) sho'rvasida pishiradilar.
Manti va mandu orasidagi keyingi farq - bu o'ralgan xamirning tarkibi (bug'doy uni, grechka uni, kraxmal). Koreyada xamir o'rniga ko'pincha baliq, go'sht, sabzavot qobig'i ishlatiladi.
Bizning manti turli xil hududlarda turlicha shaklda bukiladi. Koreyslarda ham manduning shakli har xil. Shunga qarab nomlanishlarda ham o`zgarish bor: kvadrat shaklidagisi Pyeongsu, oval mandu Kyuasan, kichkina angishvonaga o`xshagan mandu Kolmumandu, mitti qopcha yoki anor shaklidagisi Sonnyumandu, katta hajmli va cheburekga o'xshash shakldagisi Temandu va hokazo.
O`zbek oshxonasida manti pishib chiqqach u yanada yumshoq va xushta’m bo`lishi uchun ustiga saryog` yoki biror o`simlik yog`i suriladi va odatda suzma yoki pomidorli qayla bilan dasturxonga tortiladi. Koreyslar esa manduni kim chi bilan iste’mol qilishni ma’qul ko`rishadi. Uni dasturxonga an’anaviy Osiyo ziravorlari, soya yoki ustritsa sousi va kunjut yog`i bilan tortiq qilishadi.
Biz ikki millat oshxonasining o`xshash taomlari haqida bilganlarimizni siz bilan bo`lishdik. Ammo, ular orasidagi o`xshashlik yoki farqni yanada yaxshiroq bilishingiz uchun, ularni ta’tib ko`rishingizga to`gri keladi.